Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar yuzasidan Jeneva va Moskvada Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tadi

Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar yuzasidan Jeneva va Moskvada Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tadi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraislari — Rossiya, AQSh va Fransiya yaqin kunlarda Tog‘li Qorabog‘dagi nizoni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Iv Le Drian ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.Le Drianning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar 8-oktabr kuni Jenevada va 12-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi, vazir uchrashuvlar qanday tarkibda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmagan.


Keyinroq Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi idora rahbari Jeyhun Bayramov Jenevada uchta vositachi davlat vakillari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda qatnashishini ma’lum qilgan. “Tashrifning maqsadi — YeXHTning Minsk guruhi hamraislari bilan uchrashish va ikkinchi tomonga Tog‘li Qorabog‘dagi nizoni hal qilish bo‘yicha Ozarbayjonning pozitsiyasini yetkazish”, — deyiladi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabarida.


Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 12-oktabr kuni Armaniston tashqi ishlar vaziri Moskvada Sergey Lavrov bilan uchrashadi. Bu uchrashuvda Fransiya va AQSh vakillarining ishtirok etishi yoki etmasligi ma’lum qilinmagan.


Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Bu mintaqadagi so‘nggi o‘n yillikda kuzatilgan eng jiddiy to‘qnashuv bo‘lmoqda.


Avvalroq Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Emmanuel Makron Tog’li Qorabog‘ hududida davom etayotgan jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgandi.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page