Rossiyada bir sutkada 202 kishi COVID-19‘dan vafot etdi. Bu iyul oyidan buyon rekord ko‘rsatkich

Rossiyada bir sutkada 202 kishi COVID-19‘dan vafot etdi. Bu iyul oyidan buyon rekord ko‘rsatkich

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Rossiyada sutka davomida koronavirus bemorlarining 202 nafari vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”, koronavirusga qarshi tezkor shtabga tayanib. Bu 1-iyuldan buyon qayd etilgan kunlik qurbonlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘lib, o‘shanda 216 kishi vafot etgandi.

Bir kun avval koronavirus bemorlarining 188 nafari vafot etgan.

So‘nggi sutkada eng ko‘p o‘limlar Moskva shahrida qayd etilgan — 41 kishi. Ikkinchi o‘rinda Sankt-Peterburg bo‘lib, 30 kishi COVID-19 qurboni bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlarni Moskva, Rostov viloyatlari va Oltoy o‘lkasi egalladi (har birida sakkiztadan).


Eng yuqori o‘lim darajasi Sankt-Peterburgda qayd etilgan (100 ming aholiga 58,6 nafar kishi). Undan keyingi o‘rinda Moskva (43,5) va Murmansk viloyati (30,3).

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusdan 1,05 million kishi vafot etgan, 35,8 milliondan ortig‘i kasallangan. Rossiya virusdan o‘lganlar soni bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinda.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page