Toshkent tumanida namozxon va o‘rangan qizlar ro‘yxati tuzilgani tan olindi
🌐 OLTIARIQ TVToshkent tuman hokimligi hududda hijob o‘ragan va namozxon o‘quvchilar ro‘yxati tuzilganini tan oldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
«Internetda shu mazmundagi xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unda, o‘qituvchilar to‘ldirishi kerak bo‘lgan so‘rovnomada maktabda o‘qiydigan ro‘molli qizlar, ularning ota-onalari ism-familiyalari, uy manzillari, ota-onalarining ish joyi xaqida maʼlumot so‘ralganligi aytilgan.
Haqiqatan ham tumanda o‘rganish o‘tkazilgani rost. Shu kunlarda aynan Toshkent tumanida ijtimoiy tarmoq orqali ekstremistlarning aldovlariga uchib, ular bilan aloqa bog‘lab, Suriyaga ketib, diniy-ekstremistik oqimga qo‘shilish taraddudida turgan o‘quvchi qiz aniqlangan va huquq-tartibot idoralari tomonidan bu holatning oldi olingan.
Yaxshi bilamizki, bunday holatlar sodir bo‘lganda, nainki O‘zbekiston, balki butun dunyoda ham tegishli huquq-tartibot idoralari o‘sha muhit va hududni atroflicha o‘rganib, shunday kayfiyatni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan obyektiv, subyetiv jihatlarni chuqur o‘rganadilar.
Toshkent tumanida olib borilgan o‘rganishlar ham ayni shu maqsaddagi profilaktik tadbir bo‘lib, mavjud 31 ta maktabda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, maktab psixologi ishtirokida holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan», deyiladi hokimlik axborotida.
✅https://t.me/OLTIARIQ_TV
👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR