Chilonzorda avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan 21 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etdi

Chilonzorda avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan 21 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etdi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV


Toshkent shahri Chilonzor tumanida 21 yoshli haydovchi Lacetti avtomashinasida yo‘l chetidagi daraxtga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi, deb xabar bermoqdaYHXBB.


Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 7-oktabr kuni soat 21:00 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi O.O. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada 21 yoshli O.O. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.


Foto: YHXBB


Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Chinozda yuz bergan YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR


Report Page