Ozarbayjon vakillari Eron hududiga tasodifan o‘t ochgani uchun uzr so‘radi

Ozarbayjon vakillari Eron hududiga tasodifan o‘t ochgani uchun uzr so‘radi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV


>>>


Ozarbayjon vakillari Eron hududiga tasodifan o‘t ochgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Eron islom respublikasi politsiyasi rahbari o‘rinbosari Qosim Rizoiy ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.Rizoiyning ta’kidlashicha, Eronga bir nechta artilleriya snaryadlari va raketalar kelib tushgach, chegarachilar nizo tomonlariga rasmiy ogohlantirish yuborgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston o‘z xatosini tan olib uzr so‘ragan. Ikki mamlakat harbiylari Eron fermerlariga va chegaradosh hududlardagi boshqa aholiga zarar yetkazmaslik uchun o‘q uzish trayektoriyasini to‘g‘rilashga ham va’da bergan.


7-oktabr kuni Eron Boku va Yerevandagi hukumatlarga norozilik notalarini yuborgan. Bu haqda Eron TIV vakili Said Xatibzoda ma’lum qilgan.


“Biz ikkala tomonni ham Eron suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va bunday nomaqbul hodisalar boshqa takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz”, — dedi diplomat.


Shu bilan birga, avvalroq Eron mudofaa vaziri brigada generali Amir Hotamiy bunday holat qaytalansa, Tehron ogohlantirishlar bilan cheklanmasligi haqida tahdid qilgan edi.


Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Bu mintaqadagi so‘nggi o‘n yillikda kuzatilgan eng jiddiy to‘qnashuv bo‘lmoqda.


Avvalroq Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Emmanuel Makron Tog’li Qorabog‘ hududida davom etayotgan jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgandi.


Endi esa Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraislari — Rossiya, AQSh va Fransiya yaqin kunlarda Tog‘li Qorabog‘dagi nizoni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page