Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi

Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Shavkat Mirziyoyevning “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga muvofiq, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.


Shunga ko‘ra, 2020-yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktab, 2021–2023-yillarda esa respublika bo‘yicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi belgilangan.


Qarorga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilidan:


maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fani “Bir million dasturchi” loyihasiga oid o‘quv dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

mazkur loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan maktablarning 100 nafar eng yaxshi informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini har yili BHMning 20 baravari miqdorida bir martalik mukofotlash tizimi joriy qilinadi.

2021-yil 1-martga qadar ushbu fan o‘qituvchilarini sertifikatlash milliy tizimi joriy qilinadi.

2021-yil 1-sentabrdan raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasi bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ushbu fan o‘qituvchilariga BHMning 50 foizi miqdorida har oylik ustama haq to‘lanadi.

2021/2022-o‘quv yilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page