O‘zbekistonda yig‘iladigan Kia narxlari nima uchun Rossiyadagidan qimmatligiga izoh berildi

O‘zbekistonda yig‘iladigan Kia narxlari nima uchun Rossiyadagidan qimmatligiga izoh berildi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida noyabr oyidan boshlab Roodell kompaniyasi tomonidan eng yangi modellardan bo‘lgan Kia Seltos va Kia K5 avtomobillarini yig‘ish boshlanishi ma’lum qilingan edi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, 5-oktabr kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi Kia Motors avtosalonida ushbu modellarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari O‘zbekiston va Rossiyadagi Kia narxlarida farq borligiga e’tibor qaratdi. Roodell’ning bosh direktori va hammuassisi Doniyor Davletiyarov nima uchun Rossiyada uning narxi arzonligiga izoh berdi.


Mavzuga doir: Jizzaxda yig‘iladigan Kia avtomobillari narxi e’lon qilindi


“Birinchidan, biz avtomobillarni Rossiyada ishlab chiqarilmagan to‘plamlardan ishlab chiqaramiz, ya’ni avtomobil narxining Rossiya bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchidan, bizda avtomobil ehtiyot qismlari butunlay boshqa. Rossiyada har yili 1,5 millionga yaqin avtomobillar sotiladigan juda raqobatbardosh bozor bo‘lgani uchun e’tibor mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan bo‘lsa, bizning holatda — ushbu bosqichda, umuman bizning bozorimizda yo‘q bo‘lgan zamonaviy, opsiyalarga boy, turli qo‘shimchalarga ega yaxshi avtomobil kerak. Shu sababli bizda ehtiyot qismlarining o‘zi Rossiyanikiga qaraganda qimmat”, — degan u.


“Masalan, Rossiyada Kia Seltos mexanikada 1,6 litrli dvigatel bilan sotiladi. Bizda bunaqasi umuman yo‘q. Bizda faqat avtomat uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan 2 litrli dvigatel mavjud. K5’da ham xuddi shunday”, — deya tushuntirgan tadbirkor.


Roodell rahbari, shuningdek, ehtiyot qismlarni etkazib berishdagi transport xarajatlariga ham ishora qildi.


“Yana transport logistikasi. Agar ehtiyot qismlarni Janubiy Koreyadan olib kelsak, ular portga, portdan Rossiyaga, u yerdan Rossiya bo‘ylab poezdlarda Qozog‘istonga, u yerdan Toshkentga jo‘natiladi va u yerdan vagonlarga ortib, Jizzaxga olib kelinadi. Bu katta xarajatlarga olib keladi. Keyingi bosqichda biz zavod oldiga logistika xarajatlarini kamaytirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish vazifasini qo‘ydik”, — degan Doniyor Davletiyarov.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page