Qamchiq dovonida 2 ta YTH sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida 2 ta YTH sodir bo‘ldi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

Kuni kecha, soat 19:45 da «Toshkent — O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 251-kilometrida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV xabar qildi.

>>>


Qayd etilishicha, mashina yukxonasiga oyna ortilgan “Isuzu” yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan. Bu hodisa Toshkent tomon yo‘l olgan haydovchining mashina boshqaruvini yo‘qotishi tufayli sodir bo‘lgan. 3 daqiqadan so‘ng «Mercedes – Benz Sprinter» xuddi shu sababga ko‘ra, aynan o‘sha handaqqa tushib ketgan.


Qisqa vaqt ichida “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib kelishdi va maxsus texnika yordamida har ikkala mashinani xavfsiz hududga olib chiqishdi. 

Amaliy yordamga Ichki ishlar vazirligining Yo‘l-patrul xizmati xodimlari ham o‘z hissasini qo‘shishdi. Har ikkala haydovchiga ham YTHda tan jarohati yetmagan, deyiladi maʼlumotda.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page