...

...

🌐 OLTIARIQ TV

Rossiyada yaratilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi Venesuelaga yuborildi

Venesuela koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasini oldi. Bu haqda 2-oktabr kuni mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigezga tayanib “Interfaks” xabar qilmoqda.


Foto: “TASS”

Rodrigezning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela G‘arbiy yarim sharda koronavirusga qarshi emlashni qabul qilgan birinchi mamlakat bo‘ldi.

O‘z navbatida Rossiya, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi orqali, yaqin kunlarda mamlakatdagi “Sputnik V” vaksinasini bilan Venesueladagi ko‘ngillilarning emlanishini e’lon qildi.

Venesuela “Sputnik V” vaksinasi Rossiyada ro‘yxatdan o‘tganidan keyin klinik sinovlarini boshlagan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Ushbu sinovlarda 2000 kishi ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada 40 ming kishini qamrab olgan sinovning dastlabki natijalari oktabr—noyabr oylarida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, “Sputnik V” vaksinasini sotib olish uchun MDH, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasining 50 dan ortiq mamlakatlaridan arizalar kelib tushgan.

Avvalroq Meksikaga 32 million, Braziliyaga 50 million, Hindistonga 100 million dozani, O‘zbekistonga 35 million va Nepalga 25 million dozani yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarni e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlangan.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgandi.

Shuningdek, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page