Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ga tutash hududdagi qishloq qo‘lga kiritilganini ma’lum qildi

Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ga tutash hududdagi qishloq qo‘lga kiritilganini ma’lum qildi

🌐 OLTIARIQ TV

>>>


Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘ga tutash hudud hisoblanuvchi Madagiz qishlog‘ini nazorati ostiga oldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qilgan.


“Bugun Ozarbayjon qo‘shini Madagizga mamlakat bayrog‘ini o‘rnatdi. Madagiz endi bizniki”, — deb yozgan Aliyev Twitter’da.


Tog‘li Qorabog‘dagi ikki davlat, ya’ni Armaniston hamda Ozarbayjonning keng miqyosdagi harbiy harakatlari 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Nizoga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas, Ozarbayjon ham Armaniston ham bir-birini provakatsiya qilganlikda ayblamoqda.


Aliyevning bayonotigacha ikkala davlat vakillari tomonidan muayyan hududning egallab olingani borasida xabarlar berilmagandi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page