Buyuk Britaniya Turkiyani koronavirus bo‘yicha xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi

Buyuk Britaniya Turkiyani koronavirus bo‘yicha xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV

Buyuk Britaniya Turkiyani koronavirus bo‘yicha xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Endi Turkiyadan qaytib kelgan sayyohlar ikki haftani karantinda o‘tkazishlari shart. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar qildi.


Foto: EPA

Ushbu mamlakatning koronavirus uchun xavfsiz ro‘yxatidan chiqarilishi, Ispaniya va Gretsiyada bo‘lgani kabi to‘satdan sodir bo‘ldi. Endi Turkiyada dam olayotganlar va 3-oktabrda Buyuk Britaniyaga qaytib keladiganlar ikki hafta karantinda bo‘lishi kerak.

“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu hafta biz Turkiya, Polsha, Bonayra, Avliyo Eustatius va Saba’ni #TravelCorridor ro‘yxatidan chiqarib tashlashimiz kerak. Agar siz ushbu joylardan 3-oktabr soat 04:00 dan boshlab kelsangiz, o‘zingizni izolyatsiya qilishingiz kerak bo‘ladi”, — deydi transport bo‘yicha davlat kotibi Grant Shapps.

Agar sayyohlar bundan voz kechsalar, ularga 10 ming funt sterlinggacha (deyarli 13 ming dollar) jarima solinadi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page