Oq uy Trampda COVID-19 aniqlangandan so‘ng uning ahvoli yomonlashganini tasdiqladi

Oq uy Trampda COVID-19 aniqlangandan so‘ng uning ahvoli yomonlashganini tasdiqladi

>>>

🌐 OLTIARIQ TV



Koronavirus infeksiyasiga chalingan AQSh prezidenti Donald Trampning ahvoli 2-oktabr kuni ertalab tashvish uyg‘otgan. “RBK”ning Fox News’ga tayanib xabar berishicha, bu haqda Oq uy administratsiyasi rahbari Mark Medouz ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, davlat rahbariga COVID-19 tashxisi qo‘yilganidan so‘ng uning ahvoli keskin yomonlashgan. “Uning harorati ko‘tarilib, qondagi kislorod miqdori keskin tushib ketdi. Biz juda xavotirga tushgandik”, — degan Medouz.


Avvalroq 3-oktabr kuni Amerika OAVlari ushbu vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, Trampning hayotiy ko‘rsatkichlari virus yuqtirgandan so‘ng dastlabki bir sutkada “juda xavotirli” bo‘lganini yozgan.


Medouzning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda prezidentning ahvoli ancha yaxshilangan, saturatsiya darajasi normal holatga kelgan, issig‘i esa tushgan. Bundan avval Trampning salomatlik ko‘rsatkichlari yaxshilangani haqida uning davolovchi shifokori Shon Konli ma’lum qilgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Trampda qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi 96-98 foizni tashkil qilmoqda. Konlining ta’kidlashicha, davlat rahbari shanba kunining birinchi yarmida ishlagan va harakatlanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmagan.


Trampning o‘zi kasalxonadan videomurojaat yozib, sog‘lig‘i yaxshilangani va yaqinda saylov poygasiga qaytishini kutayotganini e’lon qilgan.


Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada 2-oktabr kuni koronavirusga topshirgan test javobi ijobiy chiqqan. Bundan avval Trampning maslahatchisi Houp Xiksda COVID-19 aniqlangan, shu sababli prezident oilasi bilan birgalikda Oq uyda izolyatsiya qilingandi. Trampning kasalligi tasdiqlangandan so‘ng u Uolter Rid nomidagi harbiy-tibbiyot markaziga yotqizilgan.


Kasallik tufayli Tramp saylovoldi kampaniyasini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan — uning ishtirokidagi barcha tadbirlar bekor qilingan yoki onlayn-formatga o‘tkazilgan. Uning Jo Bayden bilan keyingi debati 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page