Bir necha kun haqiqiy sinov bo‘ladi – Tramp ahvoli haqida ma’lumot berdi

Bir necha kun haqiqiy sinov bo‘ladi – Tramp ahvoli haqida ma’lumot berdi

>>>


🌐 OLTIARIQ TV

>>

>>>

AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusga chalingani va shifoxonaga yotqizilganidan keyin uning salomatligi borasida turli xabarlar tarqala boshladi. Xususan, OAVda joriy yilning 2 oktyabya kuni Tramning harorati ko‘tarilib, qonida kislorod miqdori (saturatsiya) tushib ketgani xabar qilindi.


Bular ortidan Donald Trampning o‘zi ahvoli haqida ma’lumot bergan video Twitter`ga joylashtirildi. Trampning aytishicha, uning ahvoli yaxshi, ammo keyingi bir necha kun haqiqiy sinov bo‘ladi.


Prezidentning shifokori Tramp o‘zini yaxshi his qilayotganini va COVID-19 tashxisi qo‘yilganidan keyin sezilarli ijobiy natijaga erishilganini ma’lum qilgan. Hozirda Tramp Uolter Rid harbiy shifoxonasida bo‘lib turibdi.



pic.twitter.com/gvIPuYtTZG


— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 3, 2020

Doktor Shon Konlining so‘zlariga ko‘ra, xavf to‘la bartaraf etilganicha yo‘q, ammo ijobiy natijaga umid bor.


Tramp kostyum va ko‘ylakda yo‘llagan videomurojaatida o‘zi davolanayotgan Uolter Rid Milliy harbiy-tibbiyot markazi shifokor va hamshiralariga minnatdorlik bildirgan.


Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirusga chalindi


“Men bu yerga kelganimda o‘zimni u qadar yaxshi his qilmayotgandim, hozir ancha yaxshiman. O‘ylashimcha, yaqin bir necha kun haqiqiy sinov bo‘ladi. Ko‘ramiz, kelasi ikki kunda nima bo‘lar ekan”, degan Tramp.


Trampning koronavirusga chalinishi uning rejalarini, saylov kampaniyasi va dunyo fond bozorlarini ostin ustun-qilib yubordi. Keyinroq Trampning saylov kampaniyasi rahbarida ham koronavirus aniqlanishi vaziyatni yanada jiddiylashtirdi.


Tramp kasallik sabab AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga o‘zi ko‘rsatgan nomzodning saylanishiga erisha olmasligi mumkin. Dunyo fond birjalarida esa AQSH rahbarining kasal bo‘lgani indekslarning va neft narxining “qulashi”ga olib keldi.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page