Surxondaryoda Nexia avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 21 yoshli haydovchi va mashina ichidagi yo‘lovchi vafot etdi

Surxondaryoda Nexia avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 21 yoshli haydovchi va mashina ichidagi yo‘lovchi vafot etdi

🌐 OLTIARIQ TV

>>>

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyatida Nexia hamda avtobus ishtirokida ikki insonning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganini xabar qildi.

Foto: YHXBB axborot xizmati


Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 3-oktabr kuni soat 11:10 larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, “Oqtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1603-kilometrida yo‘l transport hodisasi yuz bergan. Nexia’ni tegishli hujjatlarsiz boshqargan 1999-yilda tug‘ilgan S.S. ismli haydovchi tezlikni me’yoridan oshirib, quvib o‘tish qoidalariga amal qilmasdan qarshisidan kelayotgan 1963-yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan. Oqibatda avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.


Foto: YHXBB axborot xizmati


YTH oqibatida 21 yoshli S.S. va ushbu avtomobil ichidagi yo‘lovchi 1999-yilda tug‘ilgan O.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi YHXBB xabarida.


Avval Surxondaryo viloyati Denov tumanida Nexia rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan 20 yoshli haydovchi tezlikni oshirishi oqibatida mashina ichidagi 20 yoshli yo‘lovchi S.S. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgani, Jarqo‘rg‘on tumani “G‘ur-G‘ur” mahallasi hududida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘lgani, Qiziriq tumanida Malibu hamda “Jiguli” ishtirokida dahshatli yo‘l transport hodisasi yuz bergani, oqibatda ikki kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page