Putin, Tramp va Makron Tog‘li Qorabog‘dagi janglarni to‘xtatishni talab qildi

Putin, Tramp va Makron Tog‘li Qorabog‘dagi janglarni to‘xtatishni talab qildi

🌐 OLTIARIQ TV

>>

Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Emmanuel Makron Tog’li Qorabog‘ hududida davom etayotgan jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraislari bo‘lgan prezidentlarning qo‘shma bayonoti Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi, deb yozmoqda “Interfaks”.


Foto: “Interfaks”

Prezidentlar zo‘ravonlik kuchayishini “eng qat’iy tartibda” qoraladi hamda halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

“Biz Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarini zudlik bilan yaxshi qo‘shnichilik majburiyatini zimmasiga olishga va dastlabki shartlarni ilgari surmasdan YeXHTning Minsk guruhi hamraislari ko‘magida munosabatlarni tartibga solish uchun muzokaralarni yangilashga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Mazkur bayonotning e’lon qilinishi haqida avvalroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni Rossiya Xavfsizlik kengashining doimiy vakillari bilan muhokama qilgan.

Emmanuel Makron vaziyatni Putin va Tramp bilan muhokama qilishi haqida 30-sentabr kuni gapirgan. Shuningdek, Emmanuel Makron Turkiyaning Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi haqidagi bayonotini qoralagan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 28-sentabr kuni YeXHTning Minsk guruhi ichidagi hamkorlik mojaroni hal qilishda yordam berishiga umid bildirgan.


✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page