O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?

🌐 OLTIARIQ TV


>>

Turar joylarni, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 623-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda qanday tartib va qonun-qoidalarga e’tibor beriladi kabi savollarga Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov batafsil ma’lumot berdi.


Ne’mat Atamuratov

Foto: UzReport

Unga ko‘ra, tuman, shahar hokimliklari tomonidan ajratilgan yer ajratish to‘g‘risidagi qaror, qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari, mulk huquqni tasdiqlovchi tuman, shahar hokimining qarori, oldi-sotdi, hadya, ayriboshlash, meros va boshqa huquqni belgilovchi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ushbu kadastr hujjatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yer maydonining kvadrati va nima maqsadda foydalanishi bo‘yicha to‘lov asosida amalga oshiriladi. Bunda

  • obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda,
  • dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalariga,
  • noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga,
  • qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga,
  • yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalariga tegishli tartibda to‘lovlar undiriladi.

Bundan tashqari, turar joylarni baholash tartibida obyekt buzilganda to‘lovlar shu baho asosida to‘lanadi. Bunda Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1043-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

✅https://t.me/OLTIARIQ_TV

👉@SOTUVDAGI_UY_JOYLAR

Report Page