😱

😱

Miazade Marlee 🖤

OʻLIM REYSI 

Besh yil avval Los-Anjeles aeroportida dahshatli va shu oʻrinda tushunarsiz hodisa yuz berdi. Maniladan ortga qaytayotgan samolyot uchuvchisi aeroportga qoʻnishga ruxsat soʻragandi. Yerdagilar qoʻnishi mumkinligini bildirishdi. Lekin samolyot bilan aloqa birdan uzilib qoldi. Oradan oʻn-oʻn besh daqiqalar oʻtib samolyot aeroportga qoʻndi. Ammo salondagi uchuvchilarning barchasi allaqachon olamdan oʻtishgandi…


GʻALATI REYS

 

Fojea sababini hech kim bilmasdi. Salon ichi risoladagidek. Bortdagi uskunalar ham ishlab turibdi. Odamlar xavfsizlik kamarlarini bogʻlagancha xotirjam oʻtirishar, hech kimning yuzida qoʻrquv alomati sezilmasdi.


Ammo uchuvchilarning hammasi negadir jilmayib jon berishgandi. Goʻyo oʻlimlari oldidan juda qiziq latifa yo shunga oʻxshash kulgili narsa eshitishganday…


Qutqaruvchilar, mutaxassislar bu narsani narkotik taʼsiriga ham yoʻyib koʻrishdi. Gipnozlangan boʻlishsa kerak ham deyishdi. Balki, qaysidir yaramas ularga hujum qilgandir?.. Lekin tanalarida biror tirnalgan yer yoʻq…


Ekspertlar murdalarni ochib koʻrishganda esa, shu narsa aniqlandiki, ularning ichki aʼzolari maydalab tashlangan, tomoqlari kuyib ketgan…


Qora qutilarni eshitib koʻrish umidi ham puchga chiqdi. Ulardan hech qachon aniqlab boʻlmaydigan nomaʼlum tovushlar, signallargina eshitilardi. Hammasi jumboq.


Ekspert El Rayt atrofiga kerakli odamlarni toʻplab maxsus tekshiruv oʻtkazishga ahd qildi. Uning taʼkidlashicha, uchuvchilar terrorchilar tomonidan oʻldirilgan boʻlishi mumkin ekan…


BALONING DAVOMI


Oʻtgan yili Tinch okeanida Amerika harbiy kemalari va havo aviatsiyasining qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Samolyotlardan biri havoga koʻtarilib, Gavay orollari tomon yoʻl oldi. U yerda asosiy baza bor edi. Oradan maʼlum vaqt oʻtib uchuvchilar yerga baloga yoʻliqishlari mumkinligi haqida signal yuborishdi. Soʻngra aloqa uskunasi birdan jimib qoldi…


Kemadagilar dahshatga tushib qolishdi. Qarangki, hech qancha oʻtmasdan haligi samolyot kemaga kelib qoʻndi. Yugurib lyukni ochishdi-da, bort ichiga kirishdi. Afsuski, uchuvchilarning barchasi halok boʻlishibdi. Tekshiruvlar yana ilgarigi kabi uchuvchilarning ichki aʼzolari maydalab tashlangani va tomoqlari kuyib ketganini koʻrsatdi. Demak, tagʻin jumboqli qotillik…


Yoʻq, uchuvchilardan biri tirik qolgan ekan. Faqat koʻp qon yoʻqotibdi. Mutasaddilar oʻsha yigit orqali qotillik sabablarini aniqlashdan umid qilishgandi. Afsuski, u hushiga kelmay turib olamdan oʻtdi. Behush yotganida esa, alahlab qandaydir arvohlar haqida gapirganini eshitishgandi.


Keyinroq aniqlashdi. Salonda begona jonzot boʻlgan. U ming metrlar yuqorida ichkariga kira olgan va uchuvchilarni kuzatib borgan. Soʻngra toʻsatdan hujum qilgan…


Salon ichida qonga oʻxshash suyuqliklar har yer har yerga sochilgan edi. Lekin aniqlab koʻrishganda bu narsa umuman qon emasligi maʼlum boʻldi…


GUVOHNING DASTXATI


Shu voqeadan soʻng hech qancha oʻtmay ekspert El Rayt sheriklarini yoniga olib maxsus samolyotda havoga koʻtarildi. Maqsad bitta edi. Nima qilib boʻlsa-da, bu jumboqning oxiriga yetish.


Ular uzoq vaqt osmonda uchib yurishdi. Bir mahal samolyot oynasi yonida qandaydir mahluqsifat bashara paydo boʻldi. U ancha vaqtgacha ichkarini kuzatib bordi. Nafas olganda juda xunuk ovoz chiqarar, bu ovozni mashinalarga oʻrnatiladigan signalizatsiya tovushiga ham oʻxshatsa boʻlardi… El Rayt darhol qoʻliga oldi-da, uning barcha belgilarini yozib bordi.


Maʼlum masofagacha kuzatib borgach, toʻsatdan ichkariga oʻzini urdi. Oynani sindirib ham oʻtirmadi. Arvohlar singari osongina oʻtdi. Ana shundan soʻng haqiqiy dahshatlar boshlandi. Har bir uchuvchining tomogʻidan mahkam tutib, qonini soʻraverdi. Soʻngra ichki aʼzolarini aynan shu yoʻl bilan soʻrib chiqdi…


Samolyot yerga qoʻngach, ekspertning dastxati tufayli osmon qaroqchisi haqida ozgina boʻlsa-da, maʼlumotga ega boʻlishdi. Eng yomoni, unga qarshi kurashishning imkoni yoʻq. Odamzod bu kurashga ojizlik qilarkan. Parapsixologlar esa, aytishmoqdaki, ikki dunyo oraligʻida shunday koʻrinmas qaroqchilar haqiqatan mavjud.

Report Page