...

...

@Jizzax

Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun vaqtinchalik markazga aylantirilgan Jizzax politexnika instituti yotoqxonasining 411-xonasida davolanayotgan fuqaro Qobiljon Abdusattorov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga murojaat qilib, dorilarni o‘z hisobidan sotib olayotgani, bemorlarga ovqat berilmayotgani haqida gapirgani xabar qilingandi.

Fuqaro o‘z murojaatida davlat koronavirusga chalingan har bir bemor uchun 32 million so‘mdan pul sarflanayotgani haqida bayonot berayotgan bir vaqtda u nima uchun dorilarga o‘z yonidan pul sarflashga majbur bo‘layotganiga qiziqqan, shuningdek, murojaat qilgan kuni butun boshli bir binodagi bemorlarga bir chelak ovqat berilgani, yotoqxona ostonasiga har kuni o‘nlab odamlar yordam so‘rab kelayotganiga qaramay, uning yonidagi koyka nima uchun bir kundan beri bo‘sh qolayotganini ma’lum qilgan.


Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilinishicha, fuqaro Qobiljon Abdusattorovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaati Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqildi.


Mazkur murojaatda bayon qilingan holatlar yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi. “Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Report Page