💵💵💵💵💵

💵💵💵💵💵


‼️Tuya kabi fikrlaydigan odamlar (ma'noli hikoya)


✅ - Falonchani qara, nega sen ham o'shalarga o'xshamaysan... - Anavuni qara, falon ishni qildi, sen esa qilolmayapsan... va hokazo gaplarni eshitgansiz. Agar sizga ham shunda gapni aytib ishingizni tanqid qilishsa, bo'sh kelmay mana bu qisqa hikoyachani ayting...


✅ Tuya va sichqon

Bir kuni tuya bilan sichqon do'st bo'libdi. Ular birga sayohatga chiqishga qaror qilishibdi... Uzoq yo'l yurgach oldilaridan katta daryo chiqibdi. ikkovi ham daryo yoqasida to'xtab qolibdi.


✅ Sichqon tuyaga qarab debdi: Seni gavdang katta daryoga kirib ko'rginchi chuqurligi qancha ekan. Agar chuqur bo'lmasa seni orqangdan men ham daryoga kiraman.


✅ Tuya bunga rozi bo'lib daryoga kirib yurib ketaveribdi suv esa tuyani tizzasigacha kelar edi. Orqada qolgan sichqon baland ovoz bilan: Hey tuya nega meni tashlab ketyapsan. Men qanday o'taman - debdi.


✅ Tuya esa orqasiga qaramay javob beribdi: Hey sichqon do'stim, ko'ryapsanku suv ozgina ekan. Bor yo'g'i tizzadan kelyapti. Sen ham kelaver.


✅ Sichqon yana javob beribdi: Hey nodon tuya seni tizzangdan kelgan suv meni butunlay ko'madi-ku. Sen qaysi aqling bilan o'zingni men bilan tenglashtiryapsan....


✅ Xullas, Har bir jonzotda turli qobiliyat va imkoniyat berilgani kabi insonlarda ham qobiliyatlar turlicha taqsimlangan. Shuning uchun tuya kabi boshqalarni ham o'zimizga o'xshatmaylik !

  

©Jaloliddin Rumiy.


Report Page