Kunlar kelganida kunlar ketarkan☝☝

Kunlar kelganida kunlar ketarkan☝☝

⏳🔜⌛

Ⓜansurbek Odilbekov

Mukammal ishtiyoq +

Diqqat e'tibor +

Bir maqsad   =

                    PROGRESS.

7777

   Mukammal ishtiyoq +

Diqqat e'tibor +

Bir maqsad   =

                    PROGRESS.

📦Inson bir vaqtning o'zida hamma narsalarga e'tiborini qarata olmaydi. Buni uddalash imkonsizdir. Xattoki ko'zimiz tushib turgan narsalarning hammasini ham birdaniga teng ongimizda aks ettira olmaymiz. Negaki bizning diqqat qilish ko'lamimiz cheklangan. Lekin u hamisha davomli bo'ladi. Masalan: Baland binoda turib derazadan qarasangiz avval yon atrofdagi binolarni, uning derazalarini, keyin pastroqga qarasangiz katta yo'ldagi moshinalarni, chekaroqda bir nechta odamlar bitta joyda turishganini, ularning kiyimining ranglarini, qo'lidagi predmetlarini, keyin svetaforni va hakazo...larni ko'rasiz. Xullas bu ketma ketliklar davomiyligini o'zingiz yaxshi bilasiz anchagina ekanligini. E'tibor qildingizmi!!! siz bularni barchasini birdaniga anglab qolmadingiz, ketma ketlikda, asta sekinlik bilan anglay boshladingiz. Vaholangki siz ularning barchasiga teng qarab turgan edingiz.

⏬Yashab turgan hayotimizda ko'p odamlar o'z oldilarga juda ko'p maqsadlar, rejalar va qilmoqchi bo'lgan ishlarini hammasini birdaniga bajarish kerakligini maqsad qilib olishadi va bu bilan juda katta xatoga yo'l qo'yayotganini o'zlari bilmaydilar. Endi maqsadning ko'p bo'lishi albatta bu yaxshi, lekin ularning barchasini birdaniga amalga oshirishga intilishimiz noto'g'ri. Nega desangiz insonda energiya taqsimoti mavjud. Yuqoridagi misollarga o'xshab bizning diqqat taqsimotimiz ham albatta mavjud. Agar siz e'tiboringizni barchasini boshlanishiga o'ylagan bir maqsadingizni o'zigagina qaratsangiz, siz o'zingizdagi energiyaning barchasini unga sarflaysiz. Bu bilan uni amalga oshirish foizingiz yuqori ko'rsatkichni tashkil qiladi. Endi amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlaringiz bir nechta bo'lsa, misol uchun uni 4 ta deb belgilab olsangiz, sizda 100% li energiya manbayi mavjud bo'lsa ham endi u 4 qismga ajraladi. Boshida o'ylaganlaringizni yaxshi kayfiyatda boshlaysizu, lekin ularni ohriga yetkazishingiz qiyinlashadi. Uzoq muddat natijasiz yurish esa sizni ishtiyoqingizni so'ndirib tushkunlikka tushirib qo'yadi. Va siz juda erta taslim bo'la boshlaysiz.

Men bu bilan sizdagi maqsadlarning ko'p bo'lishligini umuman inkor etmayapman, faqatgina ularni bosqichma-bosqich, etapma-etap, muhimlik darajalariga solib, bo'lib chiqishingizni, birinchisini bajarib bo'lgandan keyingina undan keyingisiga o'tishingizni eslatib qo'ymoqchiman xolos.

🔛Albatta aytishingiz mumkin, men siz aytganlarni barchasini bilaman. Men ham maqsadalarimni xuddi shunday qilib qismlarga bo'lib olganman, ularni eng muhimidan boshlaganman, lekin shunda ham amalga oshirishim qiyin kechyaptiku, menda sira ham boshqalardek o'xshamayaptiku deb. Ha do'stim maqsadlaringizniku bajarish ketma ketligini taqsimlab olibisiz, ammo o'y hayollaringizni, fikrlar taqsimotingizni ham mana shunday taqsimlab olganmisiz, ularni ham faqatgina birinchi maqsadingizga erishish uchun yo'naltira boshlaganmisiz, hamma gap shunda!!! Mana siz bilan bizdagi muammo qayerda. Harakatingiz bir maqsadingizda bo'lsayu, lekin sizni o'y hayollaringiz asalari singari bir guldan yana boshqa gulga qo'nib uchib yursa, shunda ham maqsadimga erisha olaman desangiz xato qilasiz. Qanday qilib siz ishda bo'lsangizu, hayolingiz uyda, oilangizdagi muammolaringizda bo'lsa ishingizda siljish bo'ladi.

⁉Bazan muvaqffaqiyatga erishgan insonlarni ko'rib o'zingizda savol tug'iladi nega men ham ulardek bo'lolmayapman? Nima uchun amalga oshirishga qiynalayapman? Nimani noto'g'ri bajarayapman ekan? Ahir hammasini o'sha insonlardek reja qilib tuzib olganmanku, nega o'xshamayapti ekan degan fikrlar sizni ham ich ichingizdan o'tganmi. 

🆔Masalan: Siz do'stlaringiz bilan fudbol o'ynagani bordingiz maydonda ko'p do'stlaringizdek to'p o'ynay olmayapsiz. Yana o'zingizni yeysiz, nega menda o'xshamayapti deb. Shunda hayol o'tgan bo'lsa bir narsani tushunishga harakat qiling! Ular balki shunday darajaga chiqish uchun oldindan stadiyonda ko'p mashq qilib yurgandur. Lekin siz buni ko'rmagandursiz. Yoki ularning bu yerga kelish ishtiyoqi siznikidan ancha balanddur. Siz esa shunchaki ular taklif qilgani uchungina kelgandirsiz, o'zingiz ich ichingizdan xohlab emas. Eng muhimi aynan mana shu sizning ichingizdagi jo'sh urayotgan ishtiyoqdir. Agar u sizda bor bo'lsa siz ham qila olasiz, kerak bo'lsa ulardanda ko'proq uddalaysiz. Agarda u sizda yo'q bo'lsa o'z harakatlaringiz bilan do'stlaringizni harakatlarini kopiya qilib takrorlasangiz ham, sizda ularnikiday hech qachon o'xshamaydi. 

🔻Hayotning har bir sohasida, har bir faoliyatda, sizdagi va barcha insonlardagi maqsadlarda ham muvaffaqiyat pog'onasiga ko'tarilish uchun, ularning barchasi yetishmoq uchun mashaqqatli mehnat va muntazam ravishda harakat qilish bilan teng barobarda, inson ularni ong shuuridan, qalbining ich ichidan his qilib o'tkazishi kerak deb o'ylayman. Bor diqqat e'tiboringizni, harakatlaringizni, ongingingizdagi o'y-hayollaringizni ko'p faoliyatga emas faqatgina bir faoliyatga, bir maqsadga qarating.

❗Yana eng muhimi qalbingizga maksimal ishtiyoqni jo eting. 

💥Ishtiyoq bu - fikrimcha xuddikim qo'lingizda turgan oppoq qor parchasi yangliq. Agar undan qor bola yasamoqchi bo'lsangiz tezroq qor parchalarni bir biriga qorishtirib harakatga kirishishingiz kerak. Qo'lingizda uzoqroq turib qolib ketsa ishoning u qo'lingizni taftidan erib ketadi. Ishtiyoq ham ana shunday agar maqsadingizga ishtiyoqingiz borida urunmasangiz ishtiyoqingiz so'nganida uni amalga oshirolmay qolasiz!!!

👌"Eshitgansiz quyosh nuridan lupa orqali uchqun hosil qilish mumkinligini. Agar siz lupani qimirlatib u yonga bu yonga o'tkazib turaversangiz undan hech qachon olov paydo qila olmaysiz. Lekin uni bitta joyga qimirlatmasdan tursangiz, biroz vaqt o'tgandan so'ng yorug'lik nuri bir joyga to'plangani uchun uchqun hosil bo'lganligini ko'rasiz." (Donishmandlarning gaplaridan iqtibos).

 ☝Hayotda natijaga erishmoqchi bo'lsangiz butun diqqat e'tiboringizni birgina maqsadingizga qarating shundagina muvaffaqiyatga erishasiz. 


Author:© Masruriy_7777

Report Page