...

...


RASMIY MUNOSABAT

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Beshterak” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Suyarov Xurramning Kadastr agentligi Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Akbar Qayumovning faoliyati va xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati boshqarmaning malakali xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joyida atroflicha o‘rganib chiqildi.


Aniqlanishicha, Suyarov Xurram boshchiligidagi “Tilovov Jumanazar Xurramovich” fermer xo‘jaligining jami 9,0 gektar yer maydoni aynan fermer xo‘jaligi boshlig‘i X.Suyarovning tuman hokimi nomiga yozgan arizasi va xalq deputatlari Kitob tuman kengashi hamda tuman fermerlar kengashi qo‘shma yig‘ilishi qarorlariga asosan, Kitob tuman hokimining 16.08.2017 yildagi X-1669/08-sonli qarori bilan tuman zaxira yer fondiga qaytarilgan. 

  

Shundan so‘ng, ushbu zaxiraga qaytarilgan yer maydoni Kitob tuman hokimining 17.10.2017 yildagi X-2649/10-sonli qarori bilan A.Xolmurodov boshliq “Muxtor o‘g‘li Akram” fermer xo‘jaligiga qo‘shimcha ijaraga ajratib berilgan.


Murojaatda Akbar Qayumovni qarindoshi deb ko‘rsatilgan “Muxtor o‘g‘li Akram” fermer xo‘jaligiga Kitob tuman hokimining dastlab 2004 yilda, keyinchalik esa 2017 va 2020 yillarda yer maydonlari ijaraga ajratib berilgan bo‘lib, mazkur shaxsga yer ajratilgan davrlarda ya’ni 2004, 2017 va 2020 yillarda A.Qayumov yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi yoki Kadastr agentligining Kitob tuman bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlamagan.


Shuningdek, mazkur holatlar muqaddam viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, Kitob tuman hokimining 2017 yil 17 oktyabrdagi X-2649/10-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi” ning 53-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-sonli qarori, Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 19 noyabrda 1523-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risida” Nizom talablariga zid ravishda qabul qilinganligi bois, viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan 2017 yilda Kitob tuman hokimiga taqdimnoma va tuman prokuroriga ma’lumotnoma kiritilgan.


Bundan tashqari viloyat prokuraturasining fuqaro Suyarov Xurramga 15.11.2018 yilda bergan 11-1126/2018-14507-sonli javob xatida ko‘rinishicha, viloyat. prokuraturasi tomonidan 04.10.2018 yilda Kitob tuman hokimining 17.10.2017 yildagi X-2649/10-sonli qaroriga nisbatan protest keltirgan.


Video murojaatdagi har bitta holat Beshterak mahalla fuqarolar yig‘inidagi xolis fuqarolar ishtirokida o‘rganildi. Beshterak MFY binosida keng doirada muhokama etildi. 


Muhokamada murojaat qilinishini asl tub mohiyati, uning kelib chiqishi, oqibatlari yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, murojaat mualliflariga huquqiy tushunchalar berildi.


Fuqaro X.Suyarovga yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 89-moddasiga asosan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar Sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi tushuntirildi.


Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarga biron-bir murojaatni yuklashdan avval bloger do'stlarimizdan mutaxassislarimiz bilan bog‘lanib, ikkinchi tomonning ham ma'lumotlari bilan tanishishlarini so'rab qolamiz. 


Qalamingiz adolat uchun xizmat qilaversin hurmatli OAV xodimlari !

Report Page