Vaqtingizni (yeydigan) narsalardan qutuling

Vaqtingizni (yeydigan) narsalardan qutuling

Media tech
Ko‘pchiligimiz maqsad qo‘yamiz, orzu qilamiz ammo o‘sha orzu maqsadlarimizga yetishish uchun harakat qilamiz lekin bir muammo barchamizda uchraydi bu vaqt yetishmovchiligi, buni bartaraf etish uchun vaqtimizni rejalar asosida bo‘lib olishimiz kerak. Vaqtni rejalashtirib unga amal qilishni ham o‘rganishimiz kerak, vaqtni boshqarish yaʼni (Time Management) degan ibora qulog‘ingizga juda ko‘p chalingandir ammo biz sizlarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni ommabop turlarini aytib o‘tmoqchimiz.

▪️ Kundalik reja tuzing

Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga ko‘p vaqt ajratadi. Kundalik reja tuzish oldindagi maqsadlar sari olg‘a yurishga yordam beradi va kuningiz barakali o‘tadi.

▪️ 50/10/50 qoidasi

50 daqiqalik ish 10 daqiqalik dam olish va yana 50 daqiqalik ish bu usulni ishlaringizni hal qilish uchun ko‘p marta takrorlashingiz mumkin. Bu eng samarali yo‘llardan biridir.

▪️ Vaqtni pul deb o‘ylang 

Agar siz vaqtingizni bekorga sarflashda davom etayotgan bo‘lsangiz vaqtni pul deb qabul qiling qanday deysizmi masalan Bill Gates dan o‘rganing u sekundiga 531$ ishlab topadi, siz ham harakat qilsangiz boy bo‘lishingiz aniq.

▪️ Diqqatni boshqarishni o‘rganing 

Hozirgi kunda barchamizda smartfonlar bor shu sababli ham diqqatimiz keraksiz ilovalar o‘yinlar bilan chalg‘ib qolmoqda lekin siz shu narsalarni nazorat qilishingiz zarur.

▪️ Vaqt haqidagi kitoblar

Ko‘p ishbilarmon muvaffaqiyatli insonlar vaqtni boshqarish haqidagi kitoblarni o‘qiganligi haqida aytishadi siz ham shular qatorida bo‘lishga harakat qiling.

▪️Modomiki vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-taroj qilish eng og‘ir gunohdir.(B. FRANKLIN)

Report Page