😎

😎

🌐OLTIARIQ_TV

Farg‘onada bojxonachilar 33 mln so‘mlik uyali aloqa vositalarini ushlab qoldi.

@oltiariq_tv


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda respublikada qo‘l telefonlarini yashirincha olib kirishning antiqa usuli fosh qilindi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi chegaradosh hududda fuqaro Yo.D. boshqaruvida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zda kechirilgan.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazilganida, yoqilg‘i metan balloni ichiga ustomonlik bilan 428 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Xorijda ishlab chiqarilgan, qayta sotish maqsadida respublikaga olib kirilayotgan 8 turdagi mazkur telefonlarning umumiy qiymati 33 mln so‘mdan oshishi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-iyuldan boshlab, qo‘shni davlatlardan telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefonlarini bojxona to‘lovlarini to‘lamay, 1 kalendar oyida chegarani birinchi marotaba kesib o‘tayotganda faqat 1 donadan olib o‘tilishi mumkin.


Report Page