Qo'shni Afg'oniston

Qo'shni Afg'oniston

🌐OLTIARIQ_TV

“Tolibon” vakili Toshkentdagi muzokaralar tafsilotlarini ma’lum qildi.


@oltiariq_tv

“Tolibon”ning Doha (Qatar)dagi idorasi vakili Muhammad Suhayl Shohin idora rahbari Shir Muhammad Abbos Stanikzay Toshkentga tashrif buyurib, hukumat bilan Afg‘onistonda amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalar xavfsizligini muhokama qilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Repost.uz” Reuters’ga tayanib.

Muhammad Suhayl Shohinning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish istiqbollarini, mamlakatdan chet el qo‘shinlarining olib chiqilishi, shuningdek, elektr uzatish liniyalari va temiryo‘l yotqizilayotgan tumanlarda xavfsizlikning ta’minlanishini muhokama qilgan.

Muzokaralarda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev qatnashgan.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan edi.

Report Page