...

...

Mohira O'tkirovna



 Shaftolisiz shirinlik


Mohina shoshilmasdan o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan '' Oktabr'' qahvaxonasiga yaqinlashdi. Shahar markazidan unchalik uzoq bo‘lmagan, tinch, atrofi tomosha qilishga arzigulik so’lim, eng asosiysi esa bemalol o’zing va xayollaring bilan yolg’iz qololadigan yagona joy uning nazarida shu yer edi. Ko’pincha u bu yerga Universitetdan uyiga qaytishda kirib o‘tardi. Bugun ham o’z odatiga sodiq qolgan bo’lsa-da, kelmog’idan maqsad butkul boshqa edi. Yaqin bir necha oydan beri oilasidagi Mohina ishtirok etgan, etmagan ko’pgina suhbatlarning bosh mavzusi bo’lgan, onasining maqtayverib esi ketayotgan kuyovlikka nomzod bilan uchrashgani kelar, bu joyni o‘zi tanlagan bo‘lsa ham sira oyog‘i tortmayotgandi. Qahvaxonaning tosh yotqizilgan yo’lagida, yoshlaridagi yer va osmonchalik farqqa qaramasdan do‘st bo‘lib qolgani- Diyorbek onasining qo‘lidan tutgancha, kechagi yomg‘ir yuvgan yo‘lakchadagi ko’lmaklar ustidan sakrab-sakrab o’tib kelayotganini ko’rdi. - Mohi opa!- qichqirib yubordi u,- Mohi opa , sizni ko‘rganim qanday yaxshi bo‘ldi ! Mohina Diyorbekning onasi bilan samimiy, tabassum bilan salomlashdi. - Salom, kichkintoy, men ham seni ko’rganimdan juda xursand bo’ldim. - Men siz bergan ertak kitoblarni o‘qib bo‘ldim. - Ooo, Diyorbek, buncha tez o‘qib tugatmasang-a ? O’zi rosttan o’qib bo’ldingmi, yo men va’da qilgan durbinni tezroq olish uchun ayyorlik qilyapsanmi ? – dedi u bolaning onasiga ko’z qisib. - Chin so’zim ! - Yaxshi. Unda menga ayt-chi, nechta ertak bor ekan o’sha kitobda ? Diyorbek mitti barmoqlarini bir necha marotaba bukib sanashga, lablari pichirlab nomlarini eslashga harakat qilardi. Mohi opa, ko’o’o’p edi. Anig’ini aytolmayan- da, chunki sanamagandim. Senga ishonaman, kichkintoy, ularning soni muhim ham emas, aslida. Xo’sh, ertaklar yoqdimi? Ha Qaysi biri ? Hammasi. Hammasimi ? Axir ular bir-biriga o’xshamaydi-ku. Yo’q, opa, ertaklarning hammasi “ … ular uzoq va baxtli hayot kechirishdi” deb tugagan. Demak, oxiri yaxshilik bilan tugashiga qarab ular bir-biriga o’xshaydi. Shunday, aqlligim, shunday. Mohina Diyorbekka keyingi safar sovg’ani o’zi bilan birga olib kelishini aytib xayrlashdi. “ Qanday ajoyib bola, qani edi mening ham shunday o’g’lim bo’lsa” xayolidan o’tkazdi u. Bu fikr unga yoqimli tuyildi. Biroz yurgach Diyorbek ortiga qayrilib so’z qotdi. Mohi opa, aytgancha, qahvaxonamiz bugun ishlamaskan. Borib ovvora bo’lmang. Nega ekan ? - ham hayron ham xursand bo’ldi Mohina. Kimdir butun qahvaxonani band qildiribdi, – dedi Diyorbekning onasi o’g’lining gaplarini to’g’rilab. Mohina qahvaxona tomonga bir qarab qo’yib, ularga rahmat aytdi va yo’lida davom etdi. *** Mohina belgilangan uchrashuvga roppa rosa 40 daqiqa kechikib keldi. Bir qarashda yuzidan kayfiyatini bilish mushkul bo’lgan yigit - Jasur unga hurmat yuzasidan o‘rnidan turdi. Salom, xayrli kun. Uzr kech qoldim men... Bilaman, - dedi sovuqqonlik bilan u - o‘zingizni tushuntiraman deb urintirib o’tirmang, Mohina. Ayollar o’zi shunaqa ko’zguni yoniga o’tirsa vaqt o‘tganini sezmay qolishadi. O’zlarining vaqtiga achinmaganliklari uchun bo’lsa kerak, boshqalarni ham shunday deb o’ylashadi. Nima ham derdim, marhamat o’tiring. “ Qanday yaxshi, demak, bu ahmoqona uchrashuv uzoqqa cho’zilmaydi. Bu janobning vaqtini qadrlab, qo’polligi uchun aybini ham bo’yniga qo’yib, xayrlashaman, ketaman “ deb xayolidan o’tkazdi Mohina did bilan bezatilgan stol yoniga o’tirayotib. Juda tushungan va iltifotli jentelmen ko’rinasiz, - dedi u tabassum bilan – ammo biroz adashdingiz. Men to’g’ri ishdan kelyapman va agar shunday bo’lmaganda ham ko’zguni yonida ko’p o’tirmasdim. Bunga arziydigan odam bo’lganingizda - ku, boshqa masala. Ular bir-biriga qarab olishdi. Jasurning qovog’idan qor yog’ib girgittonga imo qildi. O’zi shuni kutib turgan yoshgina bir yigit tezda yetib keldi. Baribir siz ayollar bir xilsiz, - dedi u Shunday fikrda ekansiz, unda nega uchrashuvma- uchrashuv qiz tanlab yuribsiz ? Chunki, ularning ko’pchiligiga men yoqmaganman. Aksariyati esa menga yoqmagan. Bu javob Mohinani qoniqtirdi. Bugungi tushlik zerikarli o’tmasligidan miyig’ida kulib qo’ydi. O’sha “ ko’pchilikka “ nimangiz yoqmapti. Menga bib- binoyidek yigit ko’rinyapsiz, - dedi u girgitton uzatgan menyuni varaqlab. Siz meni bilmaysiz, tez xulosa chiqarmang. Mohina shuncha yildan beri bu yerga kelib sira bunday xilma-xil taomlar tayyorlashlarini bilmagan ekan. Hayron bo’ldi- da “ Nimani buyuramiz” ? dedi. Xohlaganingizni. Xohlaganim bu yerda yo’q. Oq otli shahzoda emasmi xohlaganingiz ? Tort yemayman. Umuman, kremli narsalar yoqmaydi. Jasur kutilmagada xandon otib kulib yubordi. Siz bilan suhbatlashish tobora yoqimli tus olyapti. Menga ham. Demak, siz uchun erkaklar- shirinlikdek gap ekanda ? Seni o’ziga tortishi… qaramlik paydo qilishi, turgan-bitgani sog’liqqa ziyonligi jihatidan o’xshab ketasizlar. Yaxshisi, o’zingiz buyurtma bera qoling, baribir pulini siz to’laysiz-ku. Yaxshi, hech biri nozik didingizga o’tirmagan bo’lsa, o’zim qarayman. Xo’o’o’sh, bizga kamchiqimgina bo’lgani durust, shunday emasmi? Shunday, ammo obro’yingizga ham mos bo’lsin. Bu gapingizda ham jon bor. Buyuritmani kutib qolgan yigit qizning e’tiborini tortdi. Sizni avval bu yerda ko’rmagan ekanman. Yaqinda ish boshladingizmi? Ha, xonim,- dedi u va tezgina Jasur tomonga qarab oldi. Siz uchun yangilik bo’ladigan taomlarni aytmoqchiman, - dedi Mohina va yigitning gapini bo’lib u – Men o’z jamiyatidagi fan va madaniyatning yuksak taraqqiy etgani bilan g’ururlanadigan g’arbliklarning dasturxonini, sharqning g’oyatda ajoyib taomlari va shirinliklarini hali ko’rmagan bir g’aribga o’xshataman. Ayniqsa, desert sizni hayron qoldiradi deb o’ylayman. Uni olis safarlarimning birida o’zim uchun kashf etganman. Ko’rinishi va ta’mi xuddi shaftoliga o’xshaydi, nomi ham shu meva sharafiga qo’yilgan. Ammo eng qizig’i unga shaftoli solinmaydi. Shuning uchun uni sizdek shaftoliga allergiyasi borlar ham yeyishi mumkin. Mohinaning xayolidan yalt etib bir fikr o’tdi “ U buni qayerdan bildi ? “ Girgitton yigit buyurtmalarni olib ketdi. Jasur oq kuylagining bo’yin tugmalarini bo’shatdi va qimmatbaho dasturxon tushalgan stolni barmoqlari bilan bir me’yorda cherta boshladi. Asablaringiz bilan bog’liq muammo bor, shekilli. Psixologiyadan Universitetda ma’ruzalar o’qishingizni unuta yozibman. Rahmat eslatganingiz uchun. To’g’ri, biroz asabiylashdim, sizning sharofatingiz bilan, albatta. Ammo shu bahonada Kant*ning o’z to’yini bekor qilishidan oldin nimalarni his qilganini tasavvur qilib ko’rdim. Nega siz ham u qilgan ishni qilib ketib qo’ya qolmadingiz ? Hali ham shunday qilmoqchiman. Sizga eslatishim shart emasdir, bu vaqtni bag’oyatda qadrlovchi daho bo’lajak kelinning kelishini kutib, aytarini aytib keyin ketgan. Unda vaqtni bekor ketkizib nima qildik ? O’sha aytaringizni ayting. Shoshib nima qildim. Men daholikka da’vogar bo’lmsam. Ha- ya, boya nima haqida gaplashayotgan edik ? Shaftoli haqida Undan oldinroq. Esimda yo’q. Mana birinchi o’xshash jihatimiz. Men ham keraksiz narsalarni esda saqlamayman. Bu juda foydali odat. Menimcha, siz ertaga meni eslamaysiz ham. Ehtimol Keling, unutishdek yoqimli va foydali qobiliyatlarimiz uchun ichamiz! Qarshiligim yo’q. Ular qadahlarini sekingina cho’qishtirib, qizil vinodan ichishdi. Bu “ichishdi” Mohina uchun ko’plik qilardi. U shunchaki nomigagina vinoga lab tekkizib qo’ydi, xolos. Agar – dedi Jasur qadahidagi vinoni deraza tomondan tushayotgan yorug’likka solib ko’rarkan- yozuvchi yoki shoir bo’lganimda, shu vinoning o’rnida bo’lib lablaringiz haroratidan mast bo’lgim keldi, degan bo’lardim. Garchi bu sizga yoqmasa ham. Adashmasam siz iqtisodchisiz. Shunday ekan siz bu vinoning narxi haqida gapirganingiz ma’qul. Beee, “adashmasam” deganingiz nimasi ? Axir, siz mening kasbim, ishim, uy-joyim, qayerda qancha ko’chmas mulklarim borligi haqida batafsil ma’lumotga egasiz. Shunday emasmi ? Bu boradagi bilimlaringizni yo’qdek ko’rsatib bunchalik kamtarlik qilmasangiz Ha, bular haqida siz aytganday to’liq bo’lmasa ham qisman xabardorman. Ammo, sizni ishontirib aytamanki, buning men uchun hech qanday ahamiyati yo’q. Menga bo’lajak turmush o’rtog’imning shaxsiy sifatlari va dunyoqarashi muhim. Va albatta, menga bo’lgan munosabati ham. “ Sizga bo’lgan munosabatim- hislarimni ochiq oshkor etsam, qanday qabul etardingiz- a ?. Men siz haqingizda shunchalar ko’p narsani bilamanki, hatto tasavvur qilolmaysiz. Ammo… mening bolalarcha qo’rqoq, telbalarcha qaysar va otashin muhabbatimni qanday qabul qilishingizni bilmayman. Bilmayman ! Mohina, sizni bir ko’rishdayoq sevib qolganimni bilganingizda edi… Yo’q ! Bilmaganingiz yaxshi. Axir, ayollar sevishingni bilib qolishsa bormi, senga sarkarda o’zi zabt etgan qal’asiga qanday kibr bilan qarasa, shunday qaray boshlaydi. Kamdan kam hollardagina oshiqning chin ko'ngildan aytgan sof, samimiy dil izhori o’z kutilgan natijasini bergan. Men esa tavakkalchi inson bo’lsamda, butun hayotim, butun biznesim tavakkkaldan iborat bo’lsa- da bu borada tavakkal qilishdan, to’g’risini aytishdan qo’rqyapman. Erkak kishi uchun uylanish – hayotidagi eng katta xatosi yoki eng to’g’ri ishi bo’lishi mumkin. Chunki, ayollar to’ydan keyin erini xuddi to’ng’ich o’g’lidek boshqarmoqchi bo’lishadi. Omading chopib unga hali uylanmagan bo’lsang ham, ortidan yugurib yurishingga, ahmoqona istaklari-yu, injiqliklariga chidashingga to’g’ri keladi. Boshqa ishlarda no’noq bo’lishsa ham, bunday ayyorliklarni o’ylab topishda bag’oyatda aqlli bo’lib ketishadi. Bularning hammasi o’sha ayolni sevishingni bidirib qo’ygan kundan boshlanadi. Ha, bularni bilaman, shunday deyman-u ammo… Ey xudoyim ey, bunchalar chiroyli bo’lmasa uning ko’m-ko’k dengizdek teran ko’zlari. Birinchi bor ko’rganimdayoq bu dengizga g’arq bo’lgim kelgan “ Menga boyligining ahamiyati yo’q deysizmi ? Naqadar balandparvozlik ! Shunday. Ammo menga yoqdi. Sizga tegishli emas bu. Albatta, ammo men boyman va siz bilan men uchrashuvdamiz. Qanchalik boysiz ? Birinchidan bu sizga tegishli emas. Ikkinchidan o’z pulimni hisobini qilmayman. Iqtisodchi bo’la turib a ? Bunga ishonish qiyin. Men ularning ishi pul sanashdan va hamma narsani pulga chaqishdan iborat deb o’ylarkanman. O’ylaringiz to’g’ri, ammo hammasi ham emas. Ozmi-ko’pmi boyligimni hisobini qilmsligimning sababi- ularning aniq qiymatini bilib bo’lgan kunim ular kamaya boshlaydi. Sizga aytsam, xonim, sevgida ham xuddi shunday. Qanday ? Sevgi degan mavhum tuyg’uning qiymatini bilib qolsak, qadri yo’qoladi. Ma’lum narsaning qizig’i bo’lmaydi, qizig’i bo’lmagan narsa esa zerikarli. Undan ko’ra olisda sir- sinoatga o’ralib tursa, hurmati baland bo’ladi. Ko’pchilikning sevgini ilohiylashtrishining sababi ham shunda. Mohina sevgini insonning fiziologik, psixologik jihatdan hayotida qanchalik muhim o’rin tutishini biladi. Sevgi haqidagi turlicha, hatto bir-birini rad etuvchi fikrlardan xabardor. Ammo, bunday o’zgacha qarashga ilk duch kelishi. Fikrlaringiz meni hayratga solyapti, xuddi mana bu buyurgan taomingiz kabi. Qiz hozirgina dasturxonga nazokat bilan keltirib qo’yilgan antiqa taomga imo qildi. Nima bu ? Qovurilgan go’sht. Bunisini ko’rib turibman, nimaning go’shti ? Nimaning go’shti ekanligini oshpazdan bo’lak hech kim aniq aytib berolmaydi. Ammo men Tustovuq go’shti buyurgandim. Vegetarian emasmisiz, ishqilib ? Albatta, yo’q. Unda tortinmang. Tustovuq go’shti g’oyatda mazali bo’ladi, to’g’ri retsipt bilan pishira olsangiz. Odatda, o’zim otgan Tustovuqlarni o’zim pishiraman. Bundan xabardor kishi sifatida oshpaz mahoratiga baho berishim mumkin. Shu joyiga ham ovchlikdan ham oshpazlikdan xabaringiz borligini qistirib o’tdingiz-da a ? Albatta- da ! Do’stlarim mening merganligimga tan berishgan, oshpazligim esa g’irt yolg’on. O’rmonda Tustovuq go’shtini cho’g’da pishirib yeganman, xolos. Xuddi ibtidoiy odamlardek. Uning mazasini bilmadim-u, ammo bu qushcha mazali ekan. Ko’rinishiga nisbatan ta’mini yuqori baholash mumkin. Ha, aynan ! Ovqatni yeb ko’rmaguningcha, u haqda bir nima deb bo’lmaydi. Insonlar haqida esa to yashab ko’rmaguningcha ! Mohina, bir umr birga yashagan insonlar ham bir-birini bilolmay o’lib ketishyapti. Unday emas. Qanday sizningcha ? Ma’lum vaqt davomida bir insonni yurish-turishi, kundalik odatlari, gap- so’zlaridan xulosa qilib uni bilib olish mumkin. Fan buni allaqachon isbotlagan. Nima deb o’ylaysiz, meni bilib olishingiz uchun sizga qancha vaqt kerak bo’ladi ? Shu bir soat kifoya Xayriyate, men siz bilan ancha sudralamanmi deb o’ylagandim. Hamma narsa oydek ravshan ko’rinib turganda, o’rganib, kutib vaqt yo’qotishning nima keragi bor ? Nima demoqchisiz bu bilan ? Sizga turmushga chiqishga roziman ! Nima uchun buncha tez aytyapsiz javobingizni ? Balki, biroz shoshmasdan o’ylab ko’rarsiz ? Shuncha yil o’ylaganim yetar, endi amaliy ishga o’tsam ham bo’ladi. Unda menga biroz vaqt bering. Nimaga, hayajoningizni bosib olishgami ? O’ylab olishga. “ Qanaqa o’y, qanaqa vaqt nimalar deyapman men. Axir bu hayotimning eng baxtli lahzalaridan biri-ku. Axir bu men intiqlik bilan kutgan kun, rad javobidan qo’rqib yashagan kunlarimning esa yakuni-ku. Agar hozir nimanidir buzib qo’ysam yo ishni ortga sursam, uyga qaytgach o’z-o’zimni peshonamdan otaman.” Siz meni kutib o’tkazgan 40 daqiqa o’ylab olishingiz uchun yetarli bo’lgan menimcha. Agar undan keyingi o’tgan vaqt sizni o’z fikringizdan qaytargan bo’lsa, men nima ham derdim. O’sha siz maqtovini keltirgan desertni ham kutmay, ketganim bo’lsin. Mohina, go’yo ketishga shaylanayotgandek o’rnidan tura boshlagan edi hamki, Jasurning jon- poni chiqib ketdi. Yo’q, nimalar deyapsiz, albatta menga turmushga chiqishingizni xohlayman. Hatto juda ham juda ham xohlayman. Bu quvonchimni, hozirgi holatimni so’z bilan tushuntirib bo’lmaydi. Faqat, kutilmagan bu baxtdan meni shoshirib qo’ydingiz. Axir, sizning hamma o’ylab qo’yganlaringiz mening shu so’zlarimni eshitgunga qadar edi. Shunday emasmi ? Siz hammasini bilarmidingiz ? ( men qayerda xato qilib buni sezdirib qo’ydim) Ha, avval boshdan. Buyrutma berayotganingizdayoq. Sizni “Shaftolisiz shirinlik “ fosh qilib qo’ydi. Endi nima qildik ? O’zingiz aytganingizdek, mening rejalarim tugagan. Keling eng boshidan boshlay qolamiz. Qayeridan ? Kechikkanimning sababini aytmoqchi bo’lib turgan joyimdan Roziman ! * Immanuil Kant ( 1724- 1804) nemis faylasufi, nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. U o‘zining to‘yiga kechikib kelgan kelinga uylanishdan bosh tortganligi haqidagi rivoyatlar mavjud. Mohira Eshpo’latova 18.07.2020       

Report Page