πŸ“πŸ“š

πŸ“πŸ“š

Otaning qiziga atagan mehr va muhabbat nomasi

Mavhumlik. Tun bu bekatga ham o'z zimistonini yuqturgandek go'yo. Yurakka bemalol kirib boradigan asar deb ikkilanmasdan aytishim mumkin. Bu bekatda men juda o'ylandim. Nima uchun deya ajablanyapsizmi? Chunki bekatning nomi o'yga toldirdi. "Qaytganimda uyda bo'l... (yoxud baxt va ayriliq bitigimi taqdirning)"

Taqdir insonga baxt berishi bilan birga ayriliq deb atalmish tuyg'uni ham yuragiga joylab qo'yishi haqida xabarim bor. Ammo ota qiziga ne uchun javobi yo'q maktublar bitadi? Qizi aslida qayerda? Asar o'n ikki oyi ham qish bo'lgan mamlakat tasviri bilan boshlanadi. Ota qizi Dostuga bitgan xatlari orqali voqealar rivojini boyitib boradi. Ya'ni qiziga tanishtirgan har bitta insonni aslida yozuvchi kitobxoniga tanishtirib boradi. Dostuning ota-onasi juda siqilgan, onasi qizini sog'inib , ado bo'lmaslik uchun tinimsiz mutolaa bn band. Ota esa qiziga sog'inchini yozish va non yopish bn o'zini chalg'itadi. Shu o'rinda yana bir savol : nima uchun bu kitobni o'qishimiz kerak? To'g'ri asar tarjimonning xatolari tufayli biroz ko'ngilni g'ash qiladi. Noto'g'ri jumlalar bilan dilni xira qiladi. Imloviy xatoliklar mazmunga e'tibor berishdan chetlashtiradi va asosiysi asar yakunlanmagandek tuyuladi. Shunga qaramasdan men bu asarni "otaning qiziga atagan mehr va muhabbat nomasi" degim ham keldi. Sababi ota shunchalar samimiy dildagilarni yozadiki, bunday dilnomani o'qimasdan boshqa iloj yo'q. Javobsiz maktublar Dostuga yetib borganmi, va yetib borgan bo'lsa u qayerda? Aziz, mutolaasevar kitobxonim, asarni o'qish davomida bu savollarga o'zingiz yechim toping.

Report Page