๐Ÿ’”๐Ÿ’”๐Ÿ’”

๐Ÿ’”๐Ÿ’”๐Ÿ’”

Buncha tirishasan xasta jon

Buncha alanglaysan ey ko'ngilย 

Uni qiziqtirmas yurak qon

Unga qadr emas sarson dil


Buncha tirishasan xasta jon

U seni eslamas hattoki

Mayli o'rtan mayli ko'ngil yon

Yurak bilsin dardingni toki


Buncha tirishasan xasta jon

Bilmaydi u sening qadringni

Yig'lasangda qaytmaydi ishon

Aritmaydi hecham dardingni


Buncha tirishasan xasta jon

Nahot yoqmas senga sukunat

Unut uni u badgum, yomon

Nur bolmaydi tushganda zulmat


Buncha tirishasan xasta jon

Sen ham biroz tinchlanaqolgin

Kerak bolsa mana olgin qon

Faqat sukut dilimga solgin


Buncha tirishasan xasta jon

Nega menga shafqat qilmaysan

Yuragimga rahm qil bir on

Unga jabr qilib tinmaysan


Buncha tirishasan xasta jon

Endi yetmas mening madorim

Kel ketamiz jannatlar tomon

Shudir meni so'ngi qarorim

Report Page