...

...

@UzShok

Turkiya Mudofaa vazirligi mamlakat janubi va janubi-g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlarining koinotdan olingan suratlarini e’lon qildi. Suratlar razvedka-sun’iy yo‘ldoshlarida olingan.


“Yuqori sifatli suratga olish xususiyatiga ega Göktürk-1 hamda Göktürk-2 razvedka-sun’iy yo‘ldoshlari Managvat va Marmarisdagi o‘rmon yong‘inlari, olovga qarshi kurashning koinotdan olingan tasvirlarini taqdim etdi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Suratlarda yong‘in sabab zarar yetgan hududlar, kul bilan qoplangan o‘rmonlarning tasviri aks etgan.


Avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Antaliyani falokat hududi deb e’lon qilgani, uning matbuot kotibi Ibrohim Kalinning esa o‘rmon yong‘inlarini mamlakat uchun milliy falokat ekanligini ta’kidlagani haqida xabarlar berilgan. Turkiyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida sakkiz nafar odam halok bo‘lgan.

Shuningdek, Erdo‘g‘on yong‘inlarning uyushtirilganini qayd etgan va olov yoqqanligi gumon qilinayotganlardan birining hibsga olinganini ma’lum qilgan. Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb topilgan “Kurdiston ishchi partiyasi”ning “Olov bolalari” sho‘ba guruhi o‘rmon yong‘inlarining uyushtirilganligi yuzasidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Report Page