...

...

@UzShok // M.Muhammad

Italiyaning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Real Madrid»ga qaytishi mumkin. Bu haqda «AS» xabar berdi.


Xabarga ko'ra, portugaliyalik 36 yoshli hujumchi turinliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Krishtianu «Qirollik klubi»ga o'tish istagini bildirgan. Biroq hozirda Killian Mbappe transferini amalga oshirishga urinayotgan Madrid klubi prezidenti Florentino Peres Ronalduning qaytishiga qarshi ekanini bildirgan. Oltin to'pning 5 karra sohibi o'zaro munosabatlari yaxshi bo'lgan «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan Madridga qaytishini muhokama qilmoqchi.

Ma'lumot o'rnida, Krishtianu Ronaldu 2018 yilning 10 iyulida 117 million evaziga «Real»dan «Yuventus»ga transfer qilingandi. Forvardning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyungacha mo'ljallangan.

Avvarloq «Yuventus» Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmasligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, turinliklar Ronalduning o'rniga «Barselona» hujumchisini ijaraga olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Report Page