🚨🟢

🚨🟢

Sarvarbek Khatambayevich

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “O‘zbekiston respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-377-son qaroriga asosan, qarzdorlik mavjud transportlar stasionar postlarda to‘xtatilishi belgilandi.

Mazkur qaror bilan Yo‘l-patrul xizmati stasionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.


🔰 Nizomga ko‘ra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi. 

✅ Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi.

❗️“Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.

☑️Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi. 

⏩ Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko‘rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.

Report Page