...
@UzShok // M. Muhammad⚡️18 yoshdan katta bo‘lgan bir qancha aholi qatlamlari koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlanishi majburiy bo‘ldi — Respublika maxsus komissiyasining qarori
⚡️2021 yil 1 sentyabrgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinani olishi belgilangan, 18 yoshdan katta bo‘lgan toifalar (guruhlar):
▫️aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari;
▫️barcha turdagi savdo ob’yektlarining (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlari;
▫️sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlari;
▫️madaniy hamda ko‘ngilochar ob’yektlarning va dam olish maskanlarining xodimlari;
▫️mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlari;
▫️yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlari;
▫️davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining xodimlari;
▫️harbiy xizmatchilar;
▫️umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoxobchalarining, choyxonalar, to‘yxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, shu jumladan, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar;
▫️barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy ob’yektlarning xodimlari;
▫️kommunal xizmat sohasi xodimlari;
▫️aloqa va telekommunikasiya ob’yektlarining xodimlari;
▫️davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari;
▫️huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari.
👉 @UzShok — qaynoq va shok !