...

...

@UzShok // M.Muhammad

«Xavfsizligimiz bo‘linmasdir» – Shavkat Mirziyoyev Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishining 4 omilini sanadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev «Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ilgari surishda O‘zbekiston qanday omillardan kelib chiqqanini haqida aytib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini ilgari surishda O‘zbekiston qanday omillardan kelib chiqqani aytib o‘tdi.

«Birinchidan, qo‘shni mamlakatlar bilan tinchlik va do‘stlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, konstruktiv siyosat olib borish Markaziy va Janubiy Osiyodagi barcha davlatlarning umumiy manfaatlariga javob beradi.

Ikkinchidan, biz mamlakatlarimiz va mintaqaning uzoq muddatli istiqboli, kelgusi rivojlanishining asosiy drayveri bo‘lib xizmat qiladigan barqaror savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish tarafdorimiz.

Biz o‘zaro hamkorlikni iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirish va innovatsiyalarni keng joriy etish orqali mustahkamlashga obektiv ehtiyoj sezmoqdamiz.

Uchinchidan, Afg‘oniston Islom Respublikasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligini amalda ta'minlashning muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.

Ishonamizki, mintaqaviy sherikligimiz ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, uning iqtisodiy tiklanishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bugun Afg‘oniston o‘zining eng yangi tarixidagi muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda. Biz donishmand afg‘on xalqi umummilliy murosaga erishish yo‘lida o‘zaro kelishuvlarga tayyor ekanini namoyish etishiga aminmiz.

Afg‘on zaminida ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega. Bu Afg‘onistonning umummintaqaviy jarayonlarga integratsiyasi uchun yangi istiqbollar eshigini ochadi.

To‘rtinchidan, xavfsizlik va barqarorlik – mintaqalarimizning izchil rivojlanishi va o‘zaro aloqalarimiz mustahkamlanishining asosiy shartidir. Bizning xavfsizligimiz bo‘linmasdir va uni faqat konstruktiv muloqot hamda birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz orqali ta'minlash mumkin», deya prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda OAV muxbiri. 

Report Page