...

...

@UzShok

“O‘zgidromet” 15-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.


Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 15—16-iyul kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. 13-iyul kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelib, hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi tan jarohati oldi.

Report Page