...

...

@UzShok // M.Muhammad

​​⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev "Tik Tok" da axloqsiz harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi


Tarixiy siymolar haykallari poyida noma’qul videolar olib tarqatayotgan tiktokerlar prezident tanqidiga uchradi. Shavkat Mirziyoyev bunday harakatlar uchun tegishli javobgarlik belgilashni taklif qildi.


“Kerak bo‘lsa, xalqimizning muqaddas qadriyatlari, timsollari va tabarruk qadamjolariga bepisand munosabatda bo‘ladigan kimsalarga nisbatan jazo choralarini yanada kuchaytiramiz. Bunday buzg‘unchi ishlarning oldini bugun olmasak, ertaga kech bo‘ladi.


Tariximizga, Navoiy bobomizga, Motamsaro onamizga tosh otishga hech kimning haqqi yo‘q. Nega bunday harakat qilganlarga jamoatchilik keskin munosabat bildirmayapti?! Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun javobgarlikni kuchaytirish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Report Page