...

...


#yoshlarkuni


Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimida jami 167 nafar yoshlar faoliyat yuritmoqda. Agentlik rahbariyati bugungi bayram - 30-iyun yoshlar kuni bilan tizimda astoydil mehnat qilib respublika ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan barcha yoshlarni tabriklaydi.


Endilikda agentlik tomonidan amalga tadbiq etilayotgan loyihalar avvalgi doimiy tadbirlardan farqli oʻlaroq, yoshlarning tizimli ravishda muammolarini hal qilishga qaratilgan.


Bunday loyihalardan biri juda keng qamrovda tashkil etilgan va yanada oʻz koʻlamini kengaytirib borayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan "WikiStipendiya marafoni"dir. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 600 million soʻmni tashkil etadigan ushbu loyiha jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi maʼlumotlarni koʻpaytirish bilan birga iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirishni oʻz oldiga asosiy maqsad qilib olgan.


Yana bir yirik "100 kitob loyihasi" tanlovining dastlabki bosqichlari tizim tashkilotlarida allaqachon start olgan. Ushbu loyihadan kutilayotgan natijalar katta, eng muhim maqsadlaridan biri esa kitobxon xodimlarni, xususan, yoshlarni maʼnaviy va moddiy rag‘batlantirish orqali o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat.


Agentlik tizimida amalga oshirilayotgan loyihalarning yoshlarga biriktirilishi, bu avvalo, yoshlarga bildirilgan ishonch boʻlsa, ikkinchidan zamonaviy va shu yosh qatlamining muammolarini biladigan yoshlarning loyihalarni tashkil etishdagi faolligi loyiha sifatining oʻsishida ham katta ahamiyatga egadir.


Agentlik tizimidagi barcha yoshlarning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilagan holda, agentlik rahbariyati ularning taklif va tashabbuslarini har doim eshitishga va qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildiramiz.


Yoshlar kuni muborak boʻlsin!


Telegram | YouTube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Report Page