...

...

@Jizzax

Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirusning yangi turini yuqtirishning 20 ta holati aniqlandi, unga “delta plyus” nomi berildi (В.1.617.2.1). Bu haqda Hindiston televideniyesi efirida Tibbiy taʼlim va tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i doktor Tatyarao P.Laxan maʼlum qildi.


Virusning yangi varianti boshoq oqsilida K417N mutatsiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi, bu esavirusdan tuzalgan va emlangan odamlarda antitanachalarning faolligini pasaytirishi mumkin.


Lahan, shuningdek, Ratnagiri port shahrida yangi shtammni yuqtirishning beshta holati qayd etilganligini, yuqtirgan ikki kishida esa hech qanday alomat yo‘qligini aytdi. Koronavirusning tarqalishini oldini olish uchun rasmiylar maxsus zonalar yaratdilar.

Report Page