...

...

@UzShok

Samarqanddagi tekstil korxonasida ishlovchi 19 yoshli Madina (ismi o‘zgartirilgan) avtomobilda zo‘rlangan. U Zamon dasturiga bergan intervyusida hodisa qanday ro‘y berganini gapirib berdi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa tungi navbatchilikda qolgan kuni, 23 mayda soat 23:25 larda sodir bo‘lgan.


Soat 22:00 -23:00 orasida uning oldiga korxona ustasi kirib, koridorga chiqishini aytgan. Keyin oyoq-qo‘lini bog‘lab, olib ketilgan. Korxonaning yonida qurilishi tugallanmagan 9 qavatli binoning oldiga keltirilgan. Uning baqirmasligi uchun bog‘lab qo‘yilgan va zo‘rlangan. Biroq, Madina zo‘ravonlarning kimligini ochiqlamagan. 


“Oilaviy sharoitimiz ozgina og‘irroq. Uyda faqat ayam va men ishlaymiz. Dadam va ukam ishlamaydi, ishsiz. Oilaga ozgina moddiy yordam qilish uchun ishlamoqchi edim”, - deydi u.

Report Page