🙊

🙊

🌐OLTIARIQ_TV

Samarqandda xotini tomonidan kaltaklangan er ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida er xotini ustidan arz qilib, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Foto: Trend

Nashrning bildirishicha, tumandagi mahallalardan birida istiqomat qiluvchi er ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qilib, qat’iy ohangda o‘zini himoya qilishlarini so‘radi.

Shikoyatchiga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uni qattiq urib, tan jarohati yetkazgan.

Oldinroq ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan bo‘lib, unda qaynota o‘g‘li bilan janjali tinmayotgan kelini ustidan ichki ishlar xodimlariga noligan edi.

Report Page