...

...


Bundan tashqari hukumat rahbarlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 15 mayga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazgan holda sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini barpo etish uchun ajratiladigan unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlari ro‘yxatini shakllantirsh hamda ularning aniq chegarasi va maydonini ko‘rsatgan holda har bir tuman kesimida tasdiqlanishini ta’minlash vazifasi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda viloyat rahbarimizning topshiriqlri bilan viloyatimiz hududidan o‘tgan M-39, A-380 kabi avtomagistral yo‘llarning tutash qismlaridan tadbirkorlik, sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 162 ta yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan. 

Kadastr agentligi tomonidan mazkur Qaror ijrosi yuzasidan 2021 yil 1 sentyabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish, shuningdek, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish jarayonini kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirilishini ta’minsh yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 noyabr kunlarida Qashqadaryo viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga asosan viloyatning mavjud 2 mln. 856 ming 800 gektarga yaqin bo‘lgan yer maydonlari hamda 745 mingtaga yaqin barcha ko‘chmas mulk ob’yektlari yalpi xatlovdan o‘tkazib chiqilib, milliy geografik axborot tizimi (GEOPORTAL)ga to‘liq joylashtirildi. Bu bilan viloyatda barcha turdagi yerlarni muhofaza etish, yerlardan samarali foydalanish, yerga bo‘lgan huquqlarning kafolatliligini ta’minlash mexanizmlari yaratildi.   

Shuningdek Kadastr organlari tomonidan Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xatlovda aniqlangan 6589 ta 237,37 gektar bo‘sh turgan yer uchastkalariga vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosalar olish uchun “YER ELEKTRON” AAT tizimiga kiritilgan. Shundan 2760 ta 52,50 gektar yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish uchun vakolatli tashkilotlar muhokamasida, 1136 ta 50,27 gektar yer maydonlari vakolatli tashkilotlar tomonidan salbiy xulosalarga muvofiq tizimdan rad etilgan. 2693 ta 134,60 gektar yer uchastkalari Elektron auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan.

Shundan 1153 ta 65,70 gektar yer uchastkalari auksion savdolari qo‘yilgan, 1512 ta 66,84 gektar yer uchastkalari "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasi orqali tadbikorlik sub’yektlariga sotildi, 28 ta 2,07 gektar yer uchastkalari auksion savdolaridan vakolatli tashkilotlarning munosabat xatlari bilan auksion savdo maydonchasiga qaytarib olingan.   

Qashqadaryo viloyat hududidan o‘tuvchi M-39, A-378 va A-380 halqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida xizmat ko‘rsatish, unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun loyiha asosida tadbirkorlarga hamda investorlarga joriy yilning oxiriga qadar 162 ta yer uchastkalari "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasiga yer uchastkachasi chiqarish uchun reja ishlab chiqilgan va shu reja asosida “YER ELEKTRON” AAT tizimi orqali 16 ta yer uchastkalariga vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosalar olish jarayonida, 3 ta yer uchastkalari auksion savdosiga chiqarilgan va 41 ta yer uchastkalari auksion savdo maydonchasi orqali sotildi. 

Ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish maqsadida yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga pullik asosda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotish bo‘yicha Qarshi shahar “Navo” maxallasi hududidan 16 ta 4,20 gektar ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer uchastkalari auksion savdolariga yuborilgan. Shundan hozirgi kunga qadar 2 ta 0,34 gektar yer uchastkalari sotildi.

Report Page