...

...


Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hozirgi kunga qadar 319 ta holatda 43,7 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlagan.

Ushbu o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari tahlil qilinganida 218 ta holatda 30,9 gektar yer maydoni uy-joy, 64 ta holatda 3,0 gektar yer maydoni noturar joy, 22 ta holatda 5,1 gektar yer maydoni tomorqa sifatida, 3 ta holatda 1,4 gektar yer maydoni tuproq karyer va 12 holatda 3,3 gektar yer maydoni boshqa maqsadlar uchun egallab olingani ma'lum bo'ldi.

O‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda yer maydonini egallab olish holati yuzasidan yerqonunubuzilish sodir etgan fuqarolarga 239 ta, yerdan foydalanuvchilarga 13 ta ogohlantirish xatlari, tuman hokimliklariga 128 ta taqdimnoma va tuman prokuraturalariga 118 ta ma’lumotnoma kiritilgan. Tuman hokimligi tomonidan esa sudlarga 9 ta da’vo arizalari kiritildi.

Shuningdek 5 ta holatda 0,6 gektar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari joyning o‘zida bartaraf etilgan.

Report Page