...

...

@UzShok

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 13 iyun kuni mast erkak pochchasini pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Sharof Rashidov tumani Yakkaqayrag‘och mahallasida soat 12:00 atrofida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu mahallada yashovchi erkak mast holda pochchasini o‘ldirishga uringan

Shuningdek, mast erkak o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning qorin sohasiga bir marta sanchib olgani aytilgan. Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchi hodisa oqibatida chap biqin va chap qo‘l bilak sohasi kesilgan jarohati bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Avvalroq Toshkentda janjallashayotgan 2 xodimini ajratishga uringan kafe rahbari pichoqlangani xabar qilingan. Shuningdek, Jizzaxda erkak xotiniga 27 marta pichoq urgani ma’lum qilingan.

Report Page