...

...

@UzShok

❗️DXXning sobiq binosi 210 mlrd so‘mga sotildi


Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi manzilida joylashgan sobiq “Markaziy bino” bo‘yicha 210 milliard so‘m sotib olish narxi bilan “METROPOL GROUP” MChJ savdo g‘olibi, deb topildi.


Bundan tashqari, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvi manzilida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi bo‘yicha 78,0 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “Metro Plaza” MChJ hamda Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi manzilida joylashgan “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi bo‘yicha 74,2 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi g‘olib deb topilgan. 


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo g‘oliblari bilan davlat aktivining sotilishi yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish ishlarini boshlaydi.

Report Page