...

...

@UzShok

Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiy Pekinga bosimni kuchaytirish uchun Rossiyani Xitoydan uzoqlashtira olmaydi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Andrey Denisov “Global Times” gazetasining Xitoy nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.


Suhbat paytida AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati barcha kuchlarni Xitoyga qarshi yo‘naltirish uchun Rossiya-Amerika munosabatlaridagi keskinlikni kamaytirishga urinishi mumkin, degan fikrga nisbatan elchi Denisov quyidagicha javob qaytargan:


“Bu uzoqni o‘ylamay yuritilgan fikrlardir. Bunday (Xitoyga bosim qilish uchun AQSH-Rossiya o‘rtasidagi keskinlikning kamayishi nazarda tutilgan — tahr.) bo‘lishi mumkin emas. Menimcha, biz amerikaliklar o‘ylagandan ko‘ra aqlliroqmiz??.


Xitoy va AQSH o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz bersa, Rossiya qanday pozisiyani egallaydi, degan savolga elchi Denisov “Bunda pozisiya tanlash shart emas”, deb javob bergan.


“Shu savolga javob yo‘q. Chunki bir narsaga ishonchim komil, Xitoy va AQSH o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmaydi, xuddi shunday Rossiya va AQSH o‘rtasida ham. Chunki bunday to‘qnashuv butun insoniyatni yo‘q qiladi”, deya ta’kidladi elchi.


Qayd etish kerakki, elchi Denisov “Qurolli to‘qnashuv butun insoniyatni yo‘q qiladi”, deb har uchchala davlatning ham yadro quroliga ega ekanini nazarda tutgan. 


Shuningdek, Rossiya elchisi rasmiy Moskvaning pozisiyasi Xitoyga yaqinroq ekanini aytgan.


“Agar siz xalqaro vaziyatni baholash va eng muhim muammolar to‘g‘risida so‘rasangiz, unda Rossiyaning pozisiyasi Xitoyga ancha yaqin ekanligi aniq”, deya qo‘shimcha qildi elchi.


Denisovning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda AQSH ham Rossiyaga, ham Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llagan.


“Amerikaning Rossiya va Xitoydan noroziligining ko‘lami va mazmuni bir-biridan farq qilsa-da, AQSHning maqsadi bitta: raqibni tor-mor etish. Shubhasiz, biz AQSHning bunday munosabatini qabul qila olmaymiz. Umid qilamanki, Rossiya-Xitoy-AQSH uchburchagida muvozanat saqlanib qoladi”, deya xulosa qildi diplomat.

Report Page