...

...

@UzShok // M.Muhammad

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida 12 iyun kuni terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, 12 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida Suriya Arabistonida terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga qo‘shilishni rejalashtirayotgan Gʻallaorol tumanida yashovchi bir guruh shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ular xorijda bo‘lgan vaqtda internet tarmog‘i orqali terrorchilik tuzilmalari yollovchilarining ta’siriga tushib qolgan. Shuningdek, ular yashash manziliga qaytib kelganidan so‘ng ushbu terrorchilik tashkilotining buzg‘unchi g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilib kelgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda konstitusiyaviy tuzumni ag‘darish haqida ma’ruza qilgan Abdulloh Zufarga qidiruv e’lon qilingani xabar qilingandi. Shuningdek, Samarqandda Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan 14 kishi ushlangani ma’lum qilingan. Bundan tashqari, Navoiyda qamoqxonadagi erkak terroristik tashkilot g‘oyalarini qo‘lyozma shaklida mahkumlarga tarqatgani aniqlangan.

Report Page