...

...

@UzShok // M.Muhammad

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o‘qituvchilarga ko‘p maosh to‘lanayotgani to‘g‘risidagi gaplariga izoh berdi. 


Ma’lum qilinishicha, Alisher Qodirov xalq ta’limi sohasi uchun 10 trillion so‘m mablag‘ ajratilayotgani, ushbu mablag‘ning katta qismini o‘qituvlchilarning maoshini oshirish uchun ishlatilayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, ushbu mablag‘ning faqatgina 1,7 trillion qismi maktab qurilishi uchun sarflanayotganini, saviyasiz o‘qituvchiga yuksak maosh to‘lashning o‘rniga bugungi muhitdan kelib chiqib, maktablarni ko‘proq qurish uchun investisiya yo‘naltirishni ham qayd etgan. 


Uning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Xususan, maktab o‘qituvchisiz faqatgina bino ekanligi, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda sovet hukumati tomonidan 9500 ga yaqin maktab qurilgani, aholi soni esa 20 million atrofida bo‘lgani, shuningdek, hozirda maktablar soni 9800 nafar, aholi soni 35 millionga yaqinlashgani keltirib o‘tilgan.  


Alisher Qodirov esa bunga javoban, o‘qituvchilarga ko‘p oylik to‘lanayotgani haqidagi so‘zlarini quyidagicha izohlagan:


«O‘qituvchilik eng qimmat kasb bo‘lishi kerak. Bunga faqat raqobat bilan erishish mumkin. Raqobat saviyali va saviyasiz o‘qituvchini ko‘rsatib beradi. Avvalambor, eng qobiliyatlilarni tanlash uchun abituriyentlardan ijodiy va psixologik testlar olinishi zarur. Saviyali o‘qituvchi ko‘p maosh olsin, saviyasizi o‘qituvchilikdan ketsin», — degan u. 


Bundan tashqari, u to‘rt yilda 134 ta maktab qurilganini, bir sinfga o‘rtacha 45 tagacha bola to‘g‘ri kelayotganini, bunaqa sinflar va tasodif o‘qituvchilar bilan yangi avlod boy berilishini qo‘shimcha qilgan.

Report Page