...

...

@UzShok // M.Muhammad

Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti olimlari qondagi alkogol miqdorini o‘lchaydigan eshitish quloqchinlarini ishlab chiqdi. Bu haqda «New Atlas» xabar berdi.

Keltirilishicha, qurilma quloq terisi orqali chiqarilgan etanol bug‘larini kuzatib turadigan oddiy quloqchinlardan iborat. U odamning mast yoki yo‘qligini sensori orqali aniqlab beradi. Sensor alkogol bug‘larini aniqlaganda ko‘rsatkich chiroqchasi yonadi. Shundan so‘ng hisoblagich yorug‘lik chiqaradi, uning intensivligi etanol kontsentrasiyasini hisoblashga imkon beradi va shu bilan spirtning darajasini ko‘rsatadi. 

Ta’kidlanishicha, laboratoriya sinovlarida ma’lum miqdorda spirtli ichimlik ichgan uchta ko‘ngilli erkakka quloqchinlar taqilgan. 140 daqiqalik muntazam intervalda ularning qondagi alkogol darajasi naushniklar va an’anaviy spirtli ichimliklar vositasi yordamida tekshirilgan. Ikkala qurilmaning ko‘rsatkichlari bir xil natija bergan. Tadqiqot mualliflari ushbu vositadan nafaqat tanadagi alkogol miqdorini o‘lchash, balki ayrim kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun ham foydalanish mumkin deb hisoblaydi. 

Avvalroq rossiyalik olimlar miya uchun implant ishlab chiqqandi. Shuningdek, amerikalik olimlar koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vaksina yaratgandi.

Report Page