...

...

@UzShok // M.Muhammad

Moskvada COVID-19 bilan kasallanish keskin oshishi sabab yangi cheklovlar joriy etildi


Moskvada 13 iyundan boshlab ish beruvchilarga xodimlarining kamida 30 foizini masofaviy ish shakliga o‘tkazish tavsiya qilindi.


Shuningdek, barcha 65 yoshdan yuqori va surunkali kasalliklari bor xodimlar ham. Bu emlangan xodimlarga taalluqli emas.


15 iyundan 19 iyungacha maosh saqlangan holda dam olish kunlari deb e’lon qilindi. Shu tariqa Moskvada “uzun dam olish kunlari” 9 kun – 12 dan 20 iyungacha davom etadi.


Shuningdek, 13 iyundan 20 iyungacha hayvonot bog‘i, fudkort, bolalar o‘ynashi uchun mo‘ljallangan xonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Umumiy ovqatlanish muassasalariga soat 23:00 dan soat 06:00 gacha mijoz qabul qilish taqiqlanadi. Buyurtmalarni eltib berish bundan mustasno.


Kecha Moskvada 6701 ta yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu so‘nggi bir necha oydagi eng yuqori ko‘rsatgichdir.

Report Page