...

...


​​G'uzordagi "usti yaltiroq orqasi qaltiroq" stadion haqida

Siz suratda ko'rayotganingiz G'uzordagi "Markaziy"stadion .


Stadionning tashqi va ichki ko'rinishi ko'ngildagidek . Maydon chimi yashil, o'rindiqlar yaxshi hiolatda saqlangan. Faqat arenaning orqa tarafidagi holat ta'bingizni xira qiladi .

G'uzordagi bahslarni onlayn yoritish uchun mazkur tumanga borar ekanmiz, o'yingohning orqa tarafidagi holatga doim achinib qaytamiz.

Hududdagi ma'sullar ma'suliyat his qilmas ekan, siniq oynalar siniqligicha qolaveradi. "Egasi yo'q bog' ham bir kun cho'lday bo'lar" deb bejizga aytishmagan!."Stadionga egaman" deganlar holatga befarq ekan sizu-bizni ko'zimizni quvnatadigan maskanlar e'tiborsizlikdan qumli sahroga aylanib boraveradi.


Sho'rtanda klub faoliyatini yoritish uchun zarur bo'ladigan oddiygina foto kamera yo'qligi haqida G'uzor tumani hokimi Bekzod Suyunovga shaxsan xabar berganman. Biroq kamchilik bartaraf etilganicha yo'q. Muammo muammoligicha qoldi. Hokim tumanga ega. Uning hududidagi muammolar ham unga tegishli. Muammodan esa qochish kerak emas.

Report Page