...

...

@UzShok // M.Muhammad

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusda bo‘lib o‘tgan festivalda janjal bo‘lib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea yuzasidan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, janjal 2021-yilning 10-iyun kuni Nukus shahrida o‘tkazilgan festivaldan so‘ng yuzaga kelgan.

“Hozirda Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.

Tekshiruv jarayonida janjalda qatnashgan har bir ishtirokchining shaxsi aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.

Bundan avval Toshkent viloyati IIBB Chorvoqda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritgani, Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgani hamda Chirchiqda 5 yoshli bola 2 yoshli bolani yiqitib yuborgani uchun bolalarning onalari va buvilari o‘zaro janjallashgani haqida xabar berilgandi.

Report Page