Aholini ro‘yxatga olish dasturida qanday savollar o‘z aksini topgan?

Aholini ro‘yxatga olish dasturida qanday savollar o‘z aksini topgan?


O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining 20-moddasiga asosan Aholini ro‘yxatga olish dasturida familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, yoshi, jinsi, millati, fuqaroligi, yashash joyi (turgan joyi), tillarni bilishi, ma’lumoti, nikoh holati, bolalarining soni, uy xo‘jaligi tarkibi, uy-joy sharoitlari, bandligi, yashash uchun mablag‘lar manbalari, migratsiya (ichki va tashqi) kabi savollar o‘z aksini topgan. 


Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Aholini ro‘yxatga olish dasturiga qo‘shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin. Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli axborotni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


Ro‘yxatga olish varag‘ining shakllari Aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Report Page